Imtihon qoidalari

Imtihon topshiruvchi nomzodlarga qo'yilgan talablar

"Yaponiya Fondining boshlang'ich yapon tili bo'yicha imtihoni (JFT-Basic)" (Bundan keyingi holatlarda "ushbu imtihon", deb aytiladi.) ni topshirishi mumkin bo'lgan shaxslarga quyidagilar kiradi.

(1) Ona tilisi yapon tili bo'lmagan shaxslar.
(2) Indoneziya fuqoroligiga ega bo'lgan nomzodlar, imtihon kuniga qadar g'arbiy kalendar hisobi bo'yicha to'liq 18 yoshga to'lgan yoki undan yuqori bo'lishlari lozim. 
(3) Myanma fuqorolari, imtihon kuniga qadar g'arbiy kalendar hisobi bo'yicha to'liq 17 yoshga to'lgan yoki undan yuqori bo'lishlari lozim. 
(4) Yaponiya mamlakatidagi imtihon topshiruvchilari esa, yuqoridagi (1)~(3) ga qo'shimcha tarzda, Yaponiyada yashash huquqiga egalik sertifikati bo'lishi lozim (Qisqa muddatli bo'lsa ham bo'ladi). 

Imtihon topshirishga ro'yxatdan o'tish uchun taqdim etiladigan ma'lumotlar va imtihon natijalaridan foydalanish haqida

  1. Yaponiya Fondi ushbu imtihonni topshirishga ro'yxatdan o'tish uchun taqdim etiladigan shaxsiy ma'lumotlarni, Yaponiyadagi shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligini ta'minlash to'g'risidagi qonun hamda boshqa tegishli huquqiy qoida va qo'llanmalarga muvofiq ravishda to'g'ri saqlaydi, faqatgina ushbu imtihonga tegishli bo'lgan ishlar uchun foydalanadi. Shuningdek, imtihonni topshirishga ro'yxatdan o'tish uchun taqdim etiladigan ma'lumotlar va imtihon natijalari kabi turli xildagi ma'lumotlar, shaxsini aniq ko'rsatmagan holatda, Yaponiya Fondi tomonidan ushbu imtihonning statistik tahlillari, tadqiqotlari, hamda amaliyotlarda qo'llaniladi. Bundan tashqari, Yaponiya Fondida nomzodlardan olingan shaxsiy ma'lumotlarni, shaxsini aniqlash mumkin bo'lgan shaklda, ataylab uchinchi shaxsga oshkor etish holatlari mutlaqo bo'lmaydi. Faqat, quyida keltirilgan 3 ta holat bundan mustasnodir.
    • Ma'lumot qonuniy asoslarga ko'ra so'ralgan holatda;
    • Yaponiya Fondi tomonidan yig'ilgan ma'lumotlarni qayta ishlashni ishonib topshirgan pudratchilarga, o'z vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan doirada oshkor qilganda; 
    • Ma'lumot uzatilishi uchun oldindan nomzod tomonidan rozilik olingan holatda;
  2. Ushbu imtihonni topshirishga ro'yxatdan o'tish uchun taqdim etiladigan shaxsiy ma'lumotlarni bildirish, oshkor etish, to'g'rilash, qo'shimcha kiritish hamda o'chirish, foydalanishni to'xtatib turish, bekor qilish yoki uchinchi shaxsga uzatilishini to'xtatishni hoxlasangiz, Yaponiya Fondining shaxsiy ma'lumotlarni saqlash qoidalariga asoslangan tarzda, olingan shaxsiy ma'lumotlarni o'sha shaxsning roziligini tasdiqlagan holatdagina, amalga oshiriladi.
  3. Yaponiya Fondi yuqorida keltirilgan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish maqsadlari doirasida, shaxsiy ma'lumotlarni saqlashning bir qismini pudratchiga ishonib topshirganda, pudratchi uchun uning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tegishli choralarini ko'radi.
  4. Yaponiya Fondi nomzodning shaxsiy ma'lumotlari va ushbu test natijalarini Yaponiya yoki ushbu imtihon o'tkaziladigan mamlakatning davlat organlari tomonidan so'ralganda, o'sha tegishli davlat organlariga oshkor qiladi.
  5. Yaponiya yoki xorij mamlakatdagi davlat organlari, universitet kabi ta'lim muassasalari, korxona va boshqalardan, to'g'ri maqsadda ushbu imtihonda belgilangan natijalar to'grisidagi xabarnomaning haqiqiyligi so'ralsa, Yaponiya Fondi bularga javob beradi.

Nojo'ya harakatlar haqida

Ushbu imtihonni amalga oshiruvchi pudratchi (Prometric aksiyadorlik kompaniyasi) nojo'ya harakatlar, deb topilgan harakatlarni, nomzod tomonidan sodir etilganini sezsa, shuningdek, Yaponiya Fondi ayrim sabablarga ko'ra qo'yilgan ballar haqiqiyligiga shubha borligini aniqlasa, qayta imtihonni amalga oshirish, imtihon baholarini (o'tgan safar topshirilgan imtihon natijalari ham kiradi) haqiqiy emas, deb topishi, imtihon natijalarini e'lon qilmasligi, kelgusida ushbu imtihonni topshirishni taqiqlash kabi choralarni ko'rish huquqiga ega. Bundan tashqari, imtihon natijasi haqiqiy emas deb topilganda, korxona, o'quv muassasasi va boshqa tashkilotlardan natijalar haqida so'ralgan vaqtda, ushbu natija haqiqiy emas, deb topilganligi to'g'risida tegishli korxona, o'quv muassasasi va boshqa tashkilotlarga xabar beriladi.

Yaponiya Fondi qayta imtihonni amalga oshirish, imtihon natijalarini haqiqiy emas deb topishi, imtihon natijalarini e'lon qilmasligi, hamda kelgusida ushbu imtihonni topshirishni taqiqlash va hokazolar bo'yicha, imtihon topshiruvchi tomonidan yetkazilgan zarar va har qanday davolar uchun javobgar emas.

Amal qilish muddati: 20-mart, 2019 yil
Tekshiruv sanasi: 20-sentabr, 2019 yil
Tekshiruv sanasi: 1-fevral, 2021 yil

LANGUAGE
  • wovn-lang-name